Husanov boshqa jamoaga o‘tib ketadi!

  • 31 avgust, 2024, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Abduqodir Husanov bir yil muqaddam “Lans” jamoasi safiga qo‘shilganidan beri UEFAning barcha nufuzli musobaqalarida ishtirok etib ulgurdi.

20 yoshli himoyachimiz o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi va Evropa ligasida ikkitadan uchrashuvda maydonga tushgandi. Bu mavsum Abduqodir “ko‘xna qit’a”ning uchinchi nufuzli xalqaro turniri Konferentsiyalar ligasida to‘p tepdi.

Konferentsiyalar ligasining guruh bosqichiga chiqish uchun o‘tkazilgan pley-off o‘yinlarida lansliklar Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasiga ro‘baro bo‘ldi. Frantsiyadagi ilk uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Javob o‘yini oldidan Uill Still tarkib tanlashda qiyinchilikka duch keldi. Shu paytga qadar “Lans”ning himoya uchligini tashkil qilib kelgan uch nafar futbolchidan ikkitasi o‘yindan chiqdi. Fakundo Medina birinchi bahsda qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiyani o‘tadi. Himoya chizig‘i etakchisi Kevin Danso javob o‘yini o‘rniga “Roma” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida Italiya poytaxtiga jo‘nab ketdi.

“Lans” murabbiylari, rahbariyati va muxlislarini Dansoning o‘rnini qaysi futbolchi bosa olishi qiziqtirardi. Bu ishni Abduqodir Husanov uddaladi. Garchi “Lans” Afinada 0:2 hisobida engilgan bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik legioner “Lans” tarkibida eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi.

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com portali an’anaga ko‘ra, uchrashuvda lansliklarning  eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun so‘rov tashkil qildi.

Natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Husanov: 42,27%

Diuf: 26,36%

Tomasson: 18,95%

Boshqalar: 2 foizdan kam...

LENSOIS.COM sharhi:

Kutilganidek, Abduqodir Husanov himoya markazida Kevin Dansoning o‘rnini egalladi. Mag‘lubiyatga qaramay, o‘zbek futbolchisi aniq va bexato harakatlari bilan ajralib turdi. Uchrashuvni yaxshi boshlagan Endi Diuf maydon markazini yaxshi ushlab turdi, biroq tanaffusdan keyin o‘yinida pasayish kuzatildi.

Shuningdek, “Lans” muxlislari ham futbolchilar o‘yini bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Syl1362:

Abuqodir Husanov va Malang Sarrdan ko‘p narsa kutilgan edi. Ular o‘zlariga yuklatilgan vazifani yaxshi uddaladi. Sotoka penaltini bajara olmagani yomon bo‘ldi, Gratid raqib hujumchilarini o‘tkazib yubordi, Xaydarani nega haligacha maydonga tushirishayotganini tushunmadik.

Teitur62:

Husanov masalasida hech qanday shubha yo‘q edi, u Dansoning yo‘qligini bildirmadi. Bu futbolchi endi zaxirada o‘tirishga ko‘nmaydi. Abduqodirning salohiyatini inobatga olganda tez orada boshqa jamoaga o‘tib ketadi.

Tibo1307:

Men ham yuqoridagi fikrga qo‘shilaman. Gretsiyadagi o‘yindan Husanov Evropada ham zo‘r o‘yin ko‘rsata olishini namoyish qildi. Himoyani zo‘r ushladi, raqib futbolchisi Fotis Ionnidisga o‘yin bermadi. Dansoning qaytishi Abduqodirni yana zaxira o‘rindig‘iga qaytaradi. Balki Fakundo Medina yoki Jonatan Graditning o‘rnini to‘liq unga berish kerakdir. Husanovni qo‘ldan chiqarmaslik kerak. Bu kelajagi porloq o‘yinchi.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, har qanday musobaqa va uchrashuvlarda asosiy tarkibda o‘ynashga qodirligini yana bir karra isbotlab bo‘ldi. Endi murabbiylar shtabi ungi etarli darajada o‘yin amaliyoti berishidan umid qilamiz.

Husanov “Chelsi”dan kelgan yulduzga tezlik qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi!

“Lans”da va Husanov atrofida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda!

Shomurodov buni 834 kun kutdi!

Fayzullaev sal kichiklik qilyapti...

Husanovni sal "bosib" turish kerak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!