
Husanovning sobiq murabbiyi: Uning boshiga kul sochishdan foyda yo‘q
Belarusning "Energetik BGU" klubi bosh murabbiyi Aleksey Merkulov "Manchester Siti"ga yangi kelib qo‘shilgan Abduqodir Husanovning "Chelsi"ga qarshi bellashuvdagi (3:1) debyuti haqida fikr bildirdi.
- "Chelsi"ga qarshi bahs Abduqodirning faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlardan biri emas. Uning boshiga kul sochishdan foyda yo‘q. Gvardiolaning o‘zi aytganidek, futbolchi jamoa mashg‘ulotlarida juda kam ishtirok etdi va "Chelsi" ham dunyoning eng kuchli klublaridan biri sanaladi. Yana bir muhim omil - taktika. E’tibor bersangiz, "Lans" va "Siti" himoyasi umuman boshchaqa yo‘lga qo‘yilgan. Shuning uchun, u moslashishi kerak deb o‘ylayman.
- Nazdimda, "Siti" murabbiylar shtabi vaziyatni juda yaxshi tushunadi. Ishonchim komilki, futbolchi jamoaga moslashib ketadi. Gvardiola Husanovga ishonishda davom etadi, deb umid qilamiz.
Ma’lumot uchun, Husanov "Bryugge"ga qarshi EChL bahsini ushbu turnirda ro‘yxatdan o‘tmaganligi sababli o‘tkazib yuboradi. U APL 24-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Arsenal"ga qarshi bellashuvda maydonga tushishi mumkin.
Fikrlar