
Husanovning uzoq kutilgan o‘yini qanday baholandi?
FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga AQSh mezbonlik qilmoqda va bu musobaqada turli mintaqalardan kelgan 32 ta jamoa kurash olib boryapti.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan “Manchester Siti” jamoasi “G” guruhida dastlabki turda Marokashning “Vidad” jamoasini 2:0 hisobida engganidan keyin ikkinchi turda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” futbolchilari bilan bellashdi.
Uchrashuv Angliya klubining 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Xosep Gvardiola shogirdlari muddatidan oldin pley-offga chiqdi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Eng muhimi, Abduqodir Husanov bir necha oy davom etgan tanaffusdan keyin nihoyat jamoasining boshlang‘ich tarkibiga qaytarildi. 21 yoshli legionerimiz faol o‘ynadi. Xosep Gvardiola 61-daqiqada o‘zbekistonlik himoyachini zaxiraga oldi.
Nufuzli manba – cityxtra.co.uk sayti ekspertlari “Manchester Siti” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Shtefan Ortega – 7:
Tajribali darvozabon raqib hujumchisi Nassim Shadlining xavfli zarbasini bartaraf etdi. Uchrashuv davomida arablar uni boshqa bezovta qilmadi.
Abduqodir Husanov – 6:
O‘zbek futbolchisi martdan beri “Manchester Siti” uchun o‘ynamagani sezilib turdi va yosh himoyachi yana jamoaga qayta moslashishi kerakligi ko‘rinib qoldi. Husanov bir nechta kichik xatolarga yo‘l qo‘ydi, pas oshirishda noaniq harakatlar bo‘ldi. Biroq bularning hech biri darvoza oldida xavf tug‘dirigani yo‘q va natijaga ta’sir qilmadi.
Manuel Akanji – 7.5:
O‘z hududida toza o‘ynadi. Raqib futbolchilariga darvozaga xavf solish imkonini bermadi. Jamoasi uchun penalti ham ishlab berdi.
Yoshko Gvardiol – 8:
Premer-ligada bo‘lgani kabi jahon chempionatida ham juda zo‘r o‘ynadi. Yoshko jamoaning himoya chizig‘ida xotirjamlikni ta’minladi.
Rayan Ayt-Nuri – 8.5:
Debyut uchrashuvidayoq bu futbolchi texnik mahorati va yuqori darajadagi jismoniy ustunliklarini namoyish qila oldi. Birinchi golini urishga yaqin kelgandi. Lekin muhim pallada oyoqi toyib ketdi.
Niko Gonsales – 6.5:
Aql bilan o‘ynashga harakat qildi. Jamoadoshlari unga juda ko‘p pas oshirdi. Bitta xatoga yo‘l qo‘ygan edi, “Al-Ayn” futbolchilari shundan foydalanib, darvozaga xavf soldi.
Ilkay Gyundogan – 9: (uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi)
O‘yinni to‘liq nazorat qildi. Maydon markazida ustunlikni ushlab turdi va ikkita gol ham urdi.
Bernardu Silva – 8:
Birinchi bo‘limda raqib tomonidan uning pozitsiyaga katta bosim uyushtirildi. O‘yinning ikkinchi yarmida bu bosimni engib o‘tib, Gyundog‘anga katta yordam bera boshladi.
Mateush Nunesh – 7:
O‘zi moslashmagan o‘ng qanot hujumidan joy olgan bo‘lsa-da, raqib himoyachilariga ko‘p muammo tug‘dirdi. Himoyaga qaytib o‘ynaganda esa, o‘zini ancha erkin his qildi.
Erling Xoland – 7.5:
Odatdagidek, o‘yinda unchalik ko‘rinmadi, biroq o‘z ishini uddalab, gol urdi. Yangi futbolchi Rayan Sherkining debyut goliga assistentlik qildi.
Klaudio Echeverri – 7.5:
O‘ziga ishonch bilan o‘ynadi va bu o‘z samarasini berib, jarima nuqtasidan gol urdi. Shunga qaramay, Gvardiola uni almashtirishga qaror qildi.
Fil Foden – 7:
Hisob 3:0 bo‘lgan paytda maydonga tushgani uchun ham ancha erkin o‘ynadi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandi.
Rodri – 6:
“Oltin to‘p” sohibi uzoq davom etgan davolanishdan keyin maydonga qaytdi. Hali sport formasini tiklab olishi lozimligini ko‘rinib qoldi. Pozitsiya tanlash va pas berishda ko‘p adashdi. Oskar Bobbga golli pas uzatdi.
Oskar Bobb – 6.5:
O‘zining ajoyib texnikasini namoyish qila olmagan bo‘lsa-da, gol urishni uddaladi.
Ruben Diash – 6:
Harakatlari unchalik ishonchli chiqmadi. Faqat bir vaziyatda xavfli bartaraf etdi.
Rayan Sherki – 7:
O‘ziga berilgan vaqt ichida samaradorlik ko‘rsatib, ikkita golda ishtirok etdi. “Siti” muxlislarining yangi o‘yinchidan umidi katta.
Husanov bir soatda jahon futboli tarixiga kirdi
Husanov o‘rniga “Jumavoy”!
Shomurodov kuchayib ketdi...
“Top-5” yoki Turkiya: Shomurodov qaysi jamoani tanlagani ma’qul?
Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!
Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!
Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!
Fikrlar