
Husanovning yangi ustozi Gvardiola haqida xunuk xabar tarqaldi
Abduqodir Husanov faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradigan bo‘lyapti. Biroq “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiolaning kayfiyati joyida emas.
Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis o‘zi bilan 30 yil davomida birga yashagan rafiqasi Kristina Serra bilan ajrashdi.
Pep va Kristinaning munosabatlari 1994 yili, Gvardiola 23 yoshli futbolchi bo‘lgan davrda boshlangan. O‘shanda Xosep “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi o‘yinchisi edi.
Ular yigirma yil birga yashaganidan keyin munosabatlarini rasmiylashtirib, to‘y ham qilgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, oila buzilganiga bir oy bo‘libdi. Bu ma’lumotni faqatgina oilaga eng yaqin insonlar bilgan xolos. Ular ham buning sababidan bexabar.
Fikrlar