Husayn Norchaev 5 daqiqani 4, 5 oy kutdi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi Husayn Norchaev “Alaniya” tarkibida 22 oktyabr kuni 3 iyundan beri (141 kun deganda) ilk bor rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Shunda ham o‘yinning so‘nggi 5 daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan. Vladikavkaz jamoasi Rossiya quyi divizionining 15-turi doirasida “Volgar” mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida yutqazib qo‘ydi. O‘tgan 14 ta turning 7 tasida Husayn zaxirada qoldirildi, 8-14 turlarda esa terma jamoa ixtiyorida bo‘ldi. Hamyurtimiz oxirgi marta 3 iyun kuni, o‘tgan mavsumning so‘nggi tur o‘yinida “Alaniya” libosida maydonga tushgan edi.
Vaholanki, hujumchi joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekiston U23 terma jamoasi safida 9 o‘yinda 8 gol urib, 1 ta assist qayd etishga ulgurdi.




Fikrlar