IBF jahon chempionlik kamari uchun Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev jangini tashkil etuvchi kompaniya nomi aniq bo‘ldi

  • 22 avgust, 2023, 22:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super engil vazn toifasida IBF chempionlik kamari egasi Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev jangini tashkil etish xuquqini beruvchi promouterlik savdosi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unga ko‘ra, Matiasning TGB Promotions kompaniyasi ushbu jangni tashkil etish xuquqini 510 ming dollar evaziga qo‘lga kiritdi. 

Ushbu gonararning 70 foizi (357 000 dollar) chempion sifatida Sabriel Matiasga tegadi. Da’vogar Shohjahon Ergashev va uning jamoasi 30 foiz (153 000 dollar) mablag‘ni qo‘lga kiritadi.

Hozircha jang qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
23/08/2023 16:55
Компания тезлаштирсин жангри.