
Ibragimovich "Milan"ning chempion bo‘lgani borasida nimalar dedi?
"Milan" klubi etakchisi Zlatan Ibragimovich jamoa chempion bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
"Men jismoniy holatim dosh bersa, yana o‘ynashda davom etaman. Bu borada yaqin kunlarda qaror chiqaraman.
Hozir jismonan bir qancha muammolarga duch kelyapman. Biroq umid qilamanki, bularning bari vaqtinchalik holat.
Qo‘lga kiritilgan skudettoni Mino Rayola uchun bag‘ishlayman. Bu mening usiz qo‘lga kiritgan birinchi sovrinim", - dedi shvetsiyalik hujumchi.
Fikrlar