
Ibragimovich MLSda dubl qayd etdi va to‘purarlar jadvalida 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi (video)
"Los-Andjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich MLSning "Vankuver Uaytkeps"ga qarshi bahsida dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi va shu tariqa musobaqa to‘purarlari poygasida 2-o‘ringa chiqib oldi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli shvetsiyalik futbolchi MLSda jami 23ta o‘yinda maydonga tushib raqiblari darvozasiga 20ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Di Si Yunayted"da to‘p surayotgan yana bir mashhur hujumchi Ueyn Runi ham MLSning o‘tgan turida dubl qayd etgani haqida xabar bergan edi.
Fikrlar