
Ibragimovichning koronavirus uchun topshirgan test javoblari ma’lum bo‘ldi
"Milan" klubi ixtiyoriga qaytgan Zlatan Ibragimovich koronavirus uchun ikkita test topshirdi. Har ikkala test ham manfiy ko‘rsatkich qayd etdi. Shu bois, unga uyiga ketishga ruxsat berildi.
Jamoviy mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin 38 yoshli futbolchi chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va qon topshiradi. Zlatan dushanba kuni Shvetsiyadan etib kelib, klub bazasida karantinga olingan edi.
Fikrlar