IFFHS jahonning eng yaxshi murabbiylari nomini ma’lum qildi

  • 6 dekabr, 2020, 16:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Butunjahon futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2020 yil yakunlari bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlamoqda.

Klub miqyosida eng yaxshi murabbiyi sifatida "Bavariya"ni mavsum boshida qabul qilib olgan Xans-Diter Flik e’tirof etildi. Myunxenliklar boshqaruvida mutaxassis Chempionlar ligasi, Bundesliga va Germaniya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Frantsiya terma jamoasi ustozi Dide Desham esa milliy terma jamoalar murabbiylari o‘rtasidagi eng yaxshisi sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!