
IFFHS versiyasiga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyiga da’vogarlar e’lon qilindi
Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) 2022 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun 15 nafar da’vogar ro‘yxatini e’lon qildi.
Nomzodlar orasidan Karlo Anchelotti («Real»), Luchano Spalletti («Napoli»), Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Unai Emeri («Aston Villa»), Albert Riera («Oklend Siti»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Yulian Nagelsmann («Bavariya»), Joze Mourinyu («Roma»), Abel Ferreyra («Palmeyras»), Dorival Junior («Flamengo»), Luis Felipe Skolari («Atletiko Paranaense»), Ugo Ibarra («Boka Xuniors»), Oliver Glasner («Ayntraxt»), Valid Regragi (Marokash mtj) va Brayan Shmettser («Sietl Saunders») kabi murabbiylar joy olgan.
G‘olib nomi 2023 yil yanvar oyida e’lon qilinadi. O‘tgan yili ushbu sovrinni o‘sha paytda «Chelsi» rahbari bo‘lgan Tomas Tuxel qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar