Igor Golban: "Klubning rejalari hamda vazifalari menga yoqdi"
Yangi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qiladigam tajribali himoyachi Igor Golban klub matbuot xizmatiga oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Andijon” jamoasidan tushgan taklifdan xursand boʻldim. Klubning oldiga jiddiy maqsadlar qoʻyilgan va bu yoʻlda men ham qoʻlimdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Yangi jamoaga hamda muhitga moslashish juda yaxshi kechmoqda.
Klubning rejalari va vazifalari menga yoqdi. Tarkib ham kuchaytirilayapti. Antaliyadagi yigʻinimiz ham murabbiylarning koʻrsatmalari asosida davom etmoqda. Biz bu yerdan chempionatga optimal formada yetib boramiz. Barchamiz yangi mavsumda muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz".



Fikrlar