Iguainning akasi ham "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tdi

  • 11 oktabr, 2020, 21:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" klubi hujumchisi Gonsalo Iguainning akasi Federiko Iguain mayamiliklar safiga kelib qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan "Inter Mayami" Federiko uchun uning sobiq jamoasi "Di Si Yunayted"ga 50 ming dollar to‘lagan.

Aka-uka Iguainlar 2006 yildan buyon ilk bor bir jamoada o‘ynaydigan bo‘ldi. Bundan 14 yil avval ular birga "River Pleyt" sharafini himoya qilgan.

35 yoshli Federiko faoliyati davomida "Nuevu Chikago", "Beshiktash", "Amerika", "Independente", "Godoy Krus", "Kolon" va "Kolambus Kryu" klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!