Ikardi "Boka Xuniors"ga o‘tishi mumkinmi?

  • 31.07.2019 13:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinaning "Boka Xuniors" klubi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda klub prezidenti Daniel Anjelichi gapirib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra “Boka Xuniors” sport direktori Nikolas Burdisso “neradzurrilar” prezidenti Xaver Zanetti bilan ushbu masalada gaplashgan. Ular Ikardining kelajagini muhokama qilishgan. Ammo, suhbat davomida uning transferi masalasi haqida gaplashilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi “Inter” bosh murabbiyi Antonio Kontening rejalariga kirmaydi va o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Bundan avvalroq esa unga “Napoli” va “Yuventus” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!