Ikki daqiqa o‘ynagan Shomurodov zo‘r baho oldi!

  • 6 may, 2022, 20:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” muxlislari jamoaning Konferentsiyalar ligasiga chiqqanini bayram qilishda davom etmoqda. Darhaqiqat, Rim katta g‘alabalarni sog‘ingan. “Bo‘rilar” so‘nggi bor Evrokuboklar finalida 1991 yili ishtirok etgan.

Joze Mourino shogirdlari yarim finalda kuchli raqib – “Lester”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:1 hisobida engib, 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahridagi finalga boradigan bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda rimliklarni Niderlandiya vakili “Feyenoord” kutib turibdi.

Mourino UEFA tasnifidagi uch musobaqa – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida finalga chiqqan yagona murabbiyga aylandi. Jamoasining g‘alabasidan so‘ng, portugaliyalik mutaxassis ko‘ziga yosh ham olgani suratlar va videolarda ko‘rsatilmoqda.

6274f1fcbd084_mourino

Italiya futbolini kuzatib borayotgan mutaxassislar va muxlislar Joze Mourino Rimda qudratli jamoa qurayotganiga endi ishona boshladi. “Roma”ning o‘yinida sifat ko‘zga tashlanmoqda. “Roma” kurashuvchan jamoaga aylanib boryapti.

Agar Joze Mourino shogirdlari Konferentsiyalar ligasi finalida “Feyenoord”ni mag‘lub etib, ilk bor tashkil etilgan xalqaro turnirning birinchi chempioniga aylansa, mavsum “Roma” uchun muvaffaqiyatli o‘tgan hisolanadi.

Italiya matbuoti “Roma”ning xalqaro maydondagi ishtirokini alohida e’tibor bilan kuzatib bormoqda. Chunki rimliklar bu mamlakatning qit’a miqyosidagi turnirlarda yurishini davom ettirayotgani yagona vakilidir.

Futbolni yoritishga ixtisoslashgan ettita nufuzli nashr “Roma”ning “Lester”ga qarshi uchrashuvida maydonga tushgan o‘yinchilarning o‘yinlarini baholab chiqdi. E’tiborlisi, bo‘lib o‘tgan bahsda Eldor Eldor Shomurodov 88-daqiqada bellashuvda g‘alaba to‘pini kiritgan Temmi Temmi Abraxamning o‘rniga o‘yinga qo‘shildi.

Nufuzli gazetalardan aksariyati Eldorning qisqa muddatli o‘yinini ham yuqori baholagani yoqimli bo‘ldi.

Demak, Italiya gazetalarining o‘yinchilarga qo‘ygan ballari quyilagicha ko‘rinish oldi:

IL MESSAGGERO: Ruy Patrisio 6, Janluka Manchini 6, Kris Smolling 7, Rojer Ibanes 6,5, Rik Karsdorp 6, Brayan Kristante 6,5, Serjiu Oliveyra 6, Nikola Zalevski 7, Lorentso Pellegrini 7, Nikolo Dzanolo 6, Temmi Abraxam 8, Jordan Veretu (bahosiz), Matias Vinya (bahosiz), Eldor Shomurodov (bahosiz), Joze Mourino 7,5.

CORRIERE DELLO SPORT: Ruy Patrisio 6,5, Janluka Manchini 7, Kris Smolling 8, Rojer Ibanes 7,5, Rik Karsdorp 7, Brayan Kristante 6,5, Serjiu Oliveyra 7, Nikola Zalevski 7,5, Lorentso Pellegrini 8, Nikolo Dzanolo 6,5, Temmi Abraxam 8, Jordan Veretu (bahosiz), Matias Vinya (bahosiz), Eldor Shomurodov (bahosiz), Joze Mourino 8.

GAZZETTA DELLO SPORT: Ruy Patrisio 6,5, Janluka Manchini 6,5, Kris Smolling 7, Rojer Ibanes 6,5, Rik Karsdorp 6,5, Brayan Kristante 6,5, Serjiu Oliveyra 6, Nikola Zalevski 7, Lorentso Pellegrini 7,5, Nikolo Dzanolo 6,5, Temmi Abraxam 7,5, Jordan Veretu (bahosiz), Matias Vinya (bahosiz), Eldor Shomurodov (bahosiz), Joze Mourino 7.

IL TEMPO: Ruy Patrisio 6,5, Janluka Manchini 7, Kris Smolling 7, Rojer Ibanes 7, Rik Karsdorp 6,5, Brayan Kristante 7, Serjiu Oliveyra 6,5, Nikola Zalevski 7,5, Lorentso Pellegrini 7, Nikolo Dzanolo 6,5, Temmi Abraxam 7, Jordan Veretu 6,5, Matias Vinya 6, Eldor Shomurodov 6,5, Joze Mourino 8.

CORRIERE DELLA SERA: Ruy Patrisio 6, Janluka Manchini 7, Kris Smolling 7,5, Rojer Ibanes 7, Rik Karsdorp 6, Brayan Kristante 7, Serjiu Oliveyra 7, Nikola Zalevski 7, Lorentso Pellegrini 7,5, Nikolo Dzanolo 6, Temmi Abraxam 8, Jordan Veretu 6,5, Matias Vinya (bahosiz), Eldor Shomurodov (bahosiz), Joze Mourino 8.

LA REPUBBLICA: Ruy Patrisio 6,5, Janluka Manchini 6,5, Kris Smolling 7,5, Rojer Ibanes 6,5, Rik Karsdorp 6,5, Brayan Kristante 6,5, Serjiu Oliveyra 7,5, Nikola Zalevski 7,5, Lorentso Pellegrini 7,5, Nikolo Dzanolo 6,5, Temmi Abraxam 8, Jordan Veretu (bahosiz), Matias Vinya (bahosiz), Eldor Shomurodov (bahosiz), Joze Mourino 8.

IL ROMANISTA: Ruy Patrisio 6,5, Janluka Manchini 7, Kris Smolling 8, Rojer Ibanes 7, Rik Karsdorp 7, Brayan Kristante 6,5, Serjiu Oliveyra 7, Nikola Zalevski 7,5, Lorentso Pellegrini 8, Nikolo Dzanolo 7, Temmi Abraxam 8, Jordan Veretu 6,5, Matias Vinya 6,5, Eldor Shomurodov 6,5, Joze Mourino 7,5.

as-roma-chris-smalling-tammy-abraham-europa-conference-league_169

O‘rtacha ball: Ruy Patrisio 6,36, Janluka Manchini 6,71, Kris Smolling 7,43, Rojer Ibanes 6,86, Rik Karsdorp 6,5, Brayan Kristante 6,64, Serjiu Oliveyra 6,71, Nikola Zalevski 7,29, Lorentso Pellegrini 7,5, Nikolo Dzanolo 6,43, Temmi Abraxam 7,79, Jordan Veretu 6,5, Matias Vinya 6,25, Eldor Shomurodov 6,5, Joze Mourino 7,71.

Rossiyaliklar Shomurodov duelini kutyapti!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!

Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!

Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilyosxon Akramov
06/05/2022 21:22
Ил тепо ил романиста бохолабди
Aziz Yuldashev
06/05/2022 19:19
Бу турнир ғолиби хам ЕЧЛга йўлланма олиш имкони бўлганида қизиқиш янада юқори бўларди гранд жамоаларда
&
Ашуров Бахтийор
06/05/2022 19:02
Яшанг!