Ikki go‘zal to‘qnashuvi. Ana Ivanovich Mariya Sharapova bilan finalni qayta o‘ynamoqchi

  • 5 iyun, 2020, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Jahonning birinchi raqamli tennischisi bo‘la olgan Ana Ivanovich faoliyati davomidagi birgina uchrashuv natijasini o‘zgartirishni istashini ma’lum qildi.

Tecno

- Men “Australian Open-2008” finalini qayta o‘tkazgan bo‘lardim. Mariya Sharapova bilan bahsning birinchi seti teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin men oxirida xatoga yo‘l qo‘ydim. Ana shu xatoni o‘ylayverib, ikkinchi setda ham imkoniyatni boy berdim. Men finalga tayyor edim. Qani endi imkoni bo‘lsayu, o‘sha uchrashuvni qayta o‘tkazsam, - dedi Ana Ivanovich.

Serbiyalik sobiq tennischi mashhur futbolchi Bastian Shvaynshtayger bilan turmush qurgan. Ayni paytda har ikki tennischi ham sportchilik faoliyatini yakunlagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!