Ikki hamyurtimiz Astana Gran-prisida sovrindor bo‘ldi!
Qozog‘istonning Astana shahrida para dzyudo bo‘yicha "2026 IBSA Grand Prix Astana" xalqaro gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada 24 mamlakatdan jami 140 nafar, xususan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ilk kunida vakillarimizdan Shohruh Mamedov hamda Sherzod Namozov shohsupaga ko‘tarildi. Hal qiluvchi bellashuvlarda Mamedov braziliyalik Danilo Silvadan ustun kelgan bo‘lsa, Sherzod Namozov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar (J1 klassi, 81 kg):
Shohruh Mamedov (O‘zbekiston)
Danilo Silva (Braziliya)
Magomedzakir Magomedov (Neytral maqomdagi sportchi)
Aleksandr Zhuzgov (Neytral maqomdagi sportchi).
Erkaklar (J2 klassi, 70 kg):
Ibragim Nurmahanuli (Qozog‘iston)
Sherzod Namozov (O‘zbekiston)
Iskander Uldanov (Qozog‘iston)
Serxio Ibanes (Ispaniya).
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar