Ikki jamoadan ochko olib tanlanishi kutilyapti

Angliya Premer-ligasining ikki klubi jazoga tortilishi mumkin. Ma’lumki, yaqinda moliyaviy qonunbuzarlik uchun “Everton” jamoasidan o‘n ochko olib tanlashlangan edi.

The Sun nashrining xabar berishicha, “Everton”ga nisbatan yana bir bor ana shunday jazo qo‘llanishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, bu gal jamoa 2021-2024 yillardagi moliyaviy qonunbuzarlik uchun jazoga tortiladi.

Shuningdek, “Nottingem Forest” faoliyatida ham moliyaviy xatolar aniqlangan. “O‘rmonchilar” 45 million funt miqdorida ziyon ko‘rgan.

Bu jamoalar ayni paytda musobaqa jadvalining ikkinchi ismidan joy olgan. Ulardan ochko olib tashlansa, Premer-ligadagi joyini saqlab qolishi yanada qiyinlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!