
Ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi AQSh promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Professional bokschilarimizning safi yanada oshib bormoqda. Havaskor boksda 81 kg vazn toifasida joriy yilgi O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi, Sankt-Peterburg gubernatori kubogi g‘olibi, Butunjahon armiya o‘yinlari chempioni Kozim Mardonov hamda 69 kg vazn toifasida 2019 yilgi O‘zbekiston chempionati finalchisi, ko‘plab xalqaro turnirlar sovrindori Fazliddin Meliboev AQShning “Olympic” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Har ikki bokschimiz bugun tongda Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.
Ma’lumot uchun, ushbu promouterlik kompaniyasi yangi tashkil qilingan bo‘lib, bokschilarimizga sobiq charmqo‘lqop ustasi, o‘z vaqtida havaskor hamda professional yo‘nalishda salmoqli natijalar qayd etgan hamyurtimiz Temur Ibragimov menejerlik qilmoqda.
Fikrlar