Ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi AQShda jang qiladi

  • 22 dekabr, 2020, 09:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Havaskor boksda 81 kg vazn toifasida joriy yilgi O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi, Sankt-Peterburg gubernatori kubogi g‘olibi, Butunjahon armiya o‘yinlari chempioni Kozim Mardonov hamda 69 kg vazn toifasida 2019 yilgi O‘zbekiston chempionati finalchisi, ko‘plab xalqaro turnirlar sovrindori Fazliddin Meliboev AQShning “Olympic” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganligi va ular Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketganligi borasida xabar bergan edik.

Tecno

Ayni damda ularga  o‘zbekistonlik taniqli bokschi Timur Ibragimov menejerlik qilmoqda. Biz ushbu hamyurtimiz bilan aloqaga chiqib, har ikki bokschimiz haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Albatta, biz katta loyihaga qo‘l urganmiz. Maqsadimiz yosh bokschilarni imkon qadar yuqori darajaga olib chiqishdir. Kozim va Fazliddin haqida gapiradigan bo‘lsam, ular juda mahoratli bokschilar, shuning uchun ham ular bilan ish boshlaganmiz. Qolaversa, texnik jihatdan ham yaxshi va kuchli zarbaga egalar. Umuman olganda, professional boksga hos uslublari bor. Har ikkisining birinchi jangi sanasi ham ma’lum bo‘lgan. 29 yanvar kuni ularning profidagi ilk janglariga guvoh bo‘lamiz.

f_1_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!