
Ikki nafar o‘zbekistonlik K-1 ustasi Turkiyada ringga ko‘tariladi. Ertaga jang!
Ertaga, 28 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida K-1 bo‘yicha “King of King” jahon seriyasiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston K-1 federatsiyasi raisi Jasur Ne’matovning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, juda katta shou bo‘lishi ko‘zda tutilayotgan, ko‘plab jahon esrtada va kino yulduzlari tashrif buyurgan, ushbu kechada o‘zbekistonlik ikki sportchi ham o‘z janglarini o‘tkazadi.
Jumladan, Murod Ahmedov ukrainalik Oleg Pavlyakka qarshi ringga ko‘tarilsa, yana bir hamyurtimiz Uzair Ismoiljonov Iroq vakili Yasir Taxa bilan to‘qnash keladi.
Shu o‘rinda mazkur muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar