
Ikki oradan qora mushuk o‘tgach Benzema Frantsiya bilan aloqalarni uzdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema ayni dam terma jamoa bilan yaxshi munosabatda emas.
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati boshlanishidan oldin 34 yoshli futbolchi jarohat olgan edi. Buning natijasida murabbiylar shtabi uni uyiga jo‘natishga qaror qildi.
Opta xabariga ko‘ra, "Oltin to‘p" sohibi jamoa joylashgan bazani tark etishni istamagan, biroq terma jamoa rahbariyatining iltimosiga ko‘ra bunga majbur bo‘ldi.
Aynan shuning uchun ham Benzema Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan jahli chiqib, u erdagi barcha rasmiylar bilan aloqalarni uzdi. Dide Desham shogirdlari Benzema yordamisiz ham jahon chempionati finaliga chiqdi. Argentinaga qarshi uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar