
Ikki terma jamoamiz "Chig‘atoy" stadionida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy va U20 ayollar terma jamoalari Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bormoqda.
Poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” bazasida bo‘lib o‘tayotgan yig‘in doirasida mazkur ikki jamoa a’zolari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Madina Yusupova, Dildora Ergasheva hamda Liana Norbekova tomonidan kiritilgan gollar evaziga millliy terma jamoa vakillari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston MTJ (ayollar) - O‘zbekiston U20 (ayollar) - 3:0
Gollar: Madina Yusupova, Dildora Ergasheva, Liana Norbekova
O‘zbekiston MTJ (ayollar): Boymatova Gulandon, Vohidova Madina, Tosheva Shodiya, Komoltoeva Nozima, Nabieva Yulduz, Dadajonova Nilufar, Ergashva Dildora, Yusupova Madina, Nozimova Dildora, Elashova Og‘iloy, Turg‘unova Oybarchin
O‘zbekiston U20 (ayollar): Polyushkevich Angelina, Kosnikova Marina, Toshpo‘latova Rushana, Suyunova Oysara, Iskandarova Nodira, Juraboeva Diyora, Zaynitdinova Shaxrizoda, Boboqulova Albina, Seyitmirova Soxibabonu, Mamatkarimova Zarina, Rashidova Tojiniso
Fikrlar