Ikkinchi Bekxem bo‘lishi bashorat qilingan yigit yana bir yilni yo‘qotish arafasida turibdi

  • 27 yanvar, 2021, 20:16
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2015 yilning 22 yanvar sanasida Florentina Peres o‘z faoliyatidagi eng g‘alati transferlardan birini amalga oshirdi. Jamoa 16 yoshlik super iqtidor egasi – Martin Edegor bilan shartnoma imzoladi. O‘sha davrda sayyoramizning eng kuchli tineyjeri sanalgan Edegor allaqachon terma jamoada debyut qilgan, maydon markazida o‘yinni boshqarish borasida benazir bo‘lishi taxmin qilingan edi. Norvegiya chempionatida gol kiritgan eng yosh futbolchi uchun butun Evropa kurash olib borgan bo‘lsa-da, yakunda Peres hammaning ko‘z o‘ngida Martinni qo‘lga kiritdi.

reflperlpfer

Oradan 6 yil o‘tdi. Martin hali-hamon kelajagi porloq futbolchilar ro‘yxatida, biroq «Santyago Bernabeu»da o‘zini ko‘rsata olagani yo‘q. Endilikda, uning oldida yangi marra mavjud. U mavsumni juda yomon boshlagan «Arsenal»da nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yishi lozim.

Nima uchun «Qirollik klubi»da ishlar yurishmadi?

Madridga ko‘chib o‘tgach, Edegor yiliga 2,8 million evro maosh olishni boshladi. O‘smir uchun shunchaki fantastik summa. Boz ustiga, Florentina Peres uni ortiqcha bosimdan xoli qilish maqsadida «Kastilya»da erkin to‘p surishini istadi. Norvegiyalik futbolchi haqida Anchelotti o‘z avtobiografiyasida quyidagicha fikr bildirgan edi:

«Peres norvegiyalik bolakayni xarid qildimi, demak siz buni qabul qilishingiz lozim. Men Peresning talabiga ko‘ra, uni asosiy jamoa bilan shug‘ullanishini va hech bo‘lmaganda 3 ta o‘yinda maydonga tushishini ta’minlashim kerak. To‘g‘risi, bu transfer piar uchun amalga oshirilgan edi. Balki, u o‘z davrining eng kuchli futbolchisi bo‘lgandir, biroq u menga kerak bo‘lgan ijrochi emas edi.»

Bu paytda «Real»ning yoshlar jamoasini boshqarayotgan Zidan ham Edegor bilan muammoga duch kelishni boshladi. Haftada 5 kun professionallar bilan mashq qiluvchi futbolchi dam olish kunlari uning jamoasida to‘p surar, yana asosiy tarkibdagi o‘rni naqdlanganini his etib turar edi. O‘z jamoasining ichki muhitini doimo nazorat qilib borishga o‘rgangan murabbiy Edegorni sekin-asta o‘zidan uzoqlashtirdi. Kelajakda super yulduz bo‘lib etishishi kutilgan futbolchi esa, Ispaniyaning 3-divizionida 63 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol kiritdi. Bu yiliga 2,8 million evro maosh oladigan futbolchi uchun yarashmaydigan statistika.

20 yoshda u qora ro‘yxatga kirib qolgan edi, biroq…

erkgoerkgkoer

2017 yilning 10 yanvar sanasida Edegor ijara asosida «Xerenven»ga «ravona» qilindi. Zidan boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi bilan Martinni o‘z rejasidan to‘liq chiqarib tashladi. Achinarlisi shundaki, Martin nisbatan kuchsizroq ligada ham o‘zini ko‘rsata olmadi. 38 ta o‘yinda gol+pas tizimida 7 ochko ishladi xolos. Uning karerasi deyarli yakunlangan bir paytda, «Vitess» boshqaruvini qo‘liga olgan Leonid Slutskiy katta sahnaga chiqdi. Rossiyalik mutaxassis iltimosiga ko‘ra, Edegorni rahbariyat klubga ijara asosida olib keldi. Aynan Leonid Slutskiy qo‘l ostida Edegor markazdan qanotga ko‘chirildi. Bu o‘zgarish ulkan effekt keltirdi. Vunderkind o‘zining kuchli jihatlari sanalgan texnika va so‘nggi pasni ijro etish uchun kattaroq masofaga ega bo‘lishni boshladi. Mavsum yakunda statistika 9 ta gol va 12 ta assist. Bundan tashqari, u har bir o‘yinda o‘rtacha 3,5 ta golli vaziyat yaratishni boshladi.

fjkweijfiwejfw

Gollandiyadagi ajoyib mavsumdan so‘ng, Edegor o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni qaytarib oldi. Shu bois, yana La Ligaga qaytdi. Uning yangi jamoasi – «Real Sosedad» iliq kutib oldi. Ikki yillik ijara davrida u jamoaning etakchisiga aylandi va to‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. 2019/20 yilgi omadli mavsumdan so‘ng, Zidan uni ortga qaytarishga qaror qildi. Ahir, Modrichning o‘rnini kimdir egallashi kerak ediku!

kofwefkowekofwef

Zidan o‘zini tiklab borayotgan futbolchiga o‘yin amaliyotini va’da qilgan edi, biroq yakunda o‘z so‘zini ustidan chiqmadi. Martin ikkinchi bor «Real»da befoyda va keraksiz futbolchiga aylandi. Joriy mavsumda Zizu uni La Liga o‘yinlarida 223 daqiqadan ortiq to‘p surishiga imkon bermadi.

wejkfijwefjwe

O‘z-o‘zidan futbolchi yana ijara asosida Madriddan uzoqroqqa ketishga qaror qildi. Aslida, norvegiyalik yarim himoyachi «Real Sosedad»ga qaytmoqchi edi, biroq u bilan shaxsan Mikel Arteta suhbatlashgach, u "Arsenal"ga o‘tishga ko‘ndi. Katta ehtimol bilan, Edegor o‘z faoliyatidagi eng muhim qarorni qabul qildi. San-sebastyanliklar safida etakchi bo‘lishdan ko‘ra, barqarorlik etishmayotgan «Arsenal»ni afzal ko‘rdi.

Yangi virus sababli og‘ir ahvolga tushib qolgan Britaniyada porlash oson emas. Ayniqsa, «Real»dagi ruhiy bosim tufayli bu ikki hissa qiyin bo‘ladi. Edegor rejaga ko‘ra, maydonda Mesut O‘zilning o‘rnini  egallashi lozim. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!