
Ikkinchi liga: “Shahrixon” o‘z maydonida “Andijon-2”dan ustun keldi
Kecha ikkinchi liga birinchi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda “Andijon-2” o‘z maydonida “Shahrixon”ni qabul qildi.
Mazkur bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvda dastlab mezbonlar hisobni ochgan bo‘lishsada, keyinchalik o‘z darvozalaridan 3 ta to‘p olib chiqishdi.
Ikkinchi liga. 1-tur.
“Andijon-2” – “Shahrixon” 1:3
Gollar: Dilyorbek Rasulov 17, - Muhammadkomil Nizomov 25, Mirjalol Karimberdiev 57, Xursandbek Qosimov 62.
E’tiborlisi, ushbu bellashuvga chiqarilgan chiptalar 2000 so‘mdan sotilgan. O‘yinni ko‘p sonli muxlislar bevosita stadiondan kuzatib borishdi.
Fikrlar