
Ikromovning "benefisi"ga aylangan o‘yinda "Bunyodkor" "Metallurg"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 15-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Mettalurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda "qaldirg‘ochlar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida "Metallurg" futbolchisi Stanislav Andreev penaltidan foydalana olmadi. Himoyachining zarbasini Sarvar Karimov qaytardi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida "Bunyodkor" futbolchisi Farrux Ikromov o‘zi boshlagan chiroyli hujumni golga aylantirdi. 71-daqiqada Ikromov o‘z nomiga assist yozdirib qo‘ydi. Uning uzatmasidan so‘ng Mirjahon Mirahmadov darvozani ishg‘ol qildi.
Fikrlar