Ilhom Bahromov: G‘alabani Shohjahonga bag‘ishladim

CHERY AUTO

 

Tecno
 

Finlyandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslarida bronza medalni qo‘lga kiritgan Ilhom Bahromov SPORTS.uz axborot portaliga o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbek polvoni shohsupada!

- Ilhom, bellashuvlar oldidan hayajon bo‘ldimi?

- Ha, biroz hayajonlandim.

- Raqiblarning imkoniyatini bilarmiding?

- Ayrimlarini bilardim. Ko‘pi yangi sportchilar.

- Qaysi bashlar qiyin bo‘ldi?

- To‘g‘risini aytsam, hammasi.

- Nega?

- Chunki musobaqadan oldin juda ko‘p vazn tashashimga to‘g‘ri keldi. Ilgari buncha vazn tashlamasdim. Shunga har bir uchrashuvda juda qiynaldim. Ayniqsa, eronlik kurashchi bilan yarim final uchrashuvi alamli bo‘ldi. Uni yutayotgan edim. Etti sekund qolgandi. Usuliga tushib qoldim va ochkoni ilib ketdi. Rosa alam qildi. Qancha qiynalim vazn to‘g‘rilanganim ko‘zimning oldidan o‘tdi.

-Bu medal qanchalar qadrli?

- Umuman har bir musobaqa medali men uchun juda aziz. Chunki uni qo‘lga kiritish uchun mashaqqatli mashg‘ulotlar va tinimsiz mehnat qilinadi.

- Oltin medal kutgandik...

- Bu gal biroz omad etishmadi. Shunday bo‘lsa-da, vatanimiz bayrog‘ini ko‘targanimdan, yurtga sovrinsiz qaytmayotganimdan xursandman. Hali oltin medallar ham bo‘ladi. Men bu sovrinni ukam Shohjahonga bag‘ishlayman.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!