Ilhom Mo‘minjonov jazoga tortiladimi?

  • 2 aprel, 2022, 10:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Superliganing 4-turida “Qizilqum”ga qarshi bahs olib bordi. Ammo ushbu o‘yin farg‘onaliklar uchun omadsiz o‘tdi. Chunki “Neftchi” raqibiga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etishi kerak edi. Ammo uning o‘rniga yordamchisi Durbek Umaraliev qatnashdi. Mo‘minjonov-chi, degan savolga esa javob yo‘q.

O‘zPFL Reglamenti bo‘yicha har bir o‘yindan so‘ng, matbuot anjumanida albatta bosh murabbiylar qatnashishi shart qilib belgilab qo‘yilgan. Demak, “Neftchi” ustozi bu borada O‘zPFLning Reglamentini buzdi. Bosh murabbiyning matbuot anjumanida qatnashmaganiga nima sabab bo‘ldi? Bunisi hozircha bizga qorong‘u. O‘zPFL bu borada qanday chora ko‘radi? Buni tez orada bilib olsak ajab emas.

Eslatib o‘tamiz, o‘z oldiga kuchli uchtalikka kirish vazifasini qo‘ygan “Neftchi” dastlabki turda g‘alaba qozongandi. Ammo oxirgi uchta uchrashuvdan beri faqat mag‘lubiyatga uchrayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ibratjon Hikmatjon
03/04/2022 07:46
Katta ehtimol bilan Farģonadagi ertagi ham tugayapti