Ilhom Mo‘minjonov: "Keyingi o‘yinimizga ham muxlislarning kelishini xohlardim"

  • 25.09.2021 06:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro-liganing 19-turida peshqadam “Neftchi” “Olimpik”ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda farg‘onaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘mijonov quyidagicha munosabat bildirdi.

- Bugungi o‘yinda shogirdlarim g‘alaba qozonishdi. Ularni va uchrashuvga kelgan barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Oldinda hali 5 ta o‘yin bor va biz bunga tayyorgarlikni olib borib, oldimizga qo‘yilgan rejalarimizni bajarish uchun maqsad sari intilamiz. Keyingi uy uchrashuvimizda "Dinamo"ni qabul qilamiz. Shu bellashuvga ham muxlislarimizning kelishlarini xohlar edim. Chunki futbolchilarimiz muxlislar uchun o‘ynaydi. O‘z navbatida, muxlislarning daldasi bizda his-tuyg‘ular uyg‘otib, g‘alaba qozonishimizga yordam beradi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinga ham muxlislarimiz kelib, bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Birinchi turda" Olimpik" bilan durang o‘ynab, safarda yutqazgan edik. Bugungi o‘yinga kelsak, "Olimpik" xavfli vaziyatlarsiz 2 ta gol urishga erishdi. Birinchisi standart vaziyatdan, ikkinchi golni himoyachilarimizning qo‘pol xatosi evaziga. Hali hammasi oldinda. Agar shu ruhda o‘ynasak g‘alabalar qozonib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!