
Ilhom Mo‘minjonov "Neftchi"ning 7:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng nimalar dedi?
Bugun bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Oq-tepa" (7:0) bahsidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Avvalom bor, bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman.Bugun futbolchilarimiz borlarini berib, yurakdan chiqarib, mahoratli o‘yin ko‘rsatishdi.
Ulug‘bek Xoshimov bilan Ruslan Roziev bugungi kunda Olimpiya terma jamoasi a’zolari hisoblanadi. Shu tufayli ular termaga jalb etilib, xalqaro musobaqada qatnashish uchun safarga yo‘l olgan. «Buxoro» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ham ishtirok eta olishmaydi.To‘g‘ri, bugungi o‘yinda ularning yo‘qligi bilindi. Ammo, hozirda zaxiramiz yaxshi futbolchilardan tashkil topgan. Masalan, Sardor Abdunabiev yosh va mahoratli futbolchilarimizdan biri.U o‘zini ijobiy tomondan namoyon qildi va bugungi o‘yinda 5 ta to‘p kiritib, hammamizni xushnud etdi.
Qolgan futbolchilarimizga ham bugun imkoniyat berdik. Lekin zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar imkoniyatdan unumli foydalanishdi deb aytolmayman. O‘ylaymanki, keyingi «Buxoro» klubi bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Chunki,«Buxoro» jamoasi bugungi kunda yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi.
Qolgan o‘yinlarda ham g‘alaba qozonib,ochko olishda davom etamiz,-deydi jamoa bosh murabbiyi.
«Neftchi» matbuot xizmati
Fikrlar