Ilhom Qurbonov: "Surxon"dagi tanishlarim Superligada 100 foiz o‘ynaymiz deb aytishgandi

  • 22.03.2019 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bu mavsum Superligada avval aytilganidek 12ta emas, balki 14ta jamoa ishtirok etmoqda. Qizig‘i, jamoalar sonini ortishi haqida chempionat qur’asiga 1 kun qolganida e’lon qilindi.

“Mash’al” klubi vitse-prezidenti Ilhom Qurbonov SPORTS.uz muhbiri bilan suhbatda “Dinamo” va “Surxon”ning Superligaga qo‘shilishi haqida xabarlar avvalroq qulog‘icha chalinganini aytdi.

- «Surxon» bilan «Dinamo»ning Superligaga qo‘shilishini bilarmidingiz?

- «Surxon»da tanishlarimiz va do‘stlarimiz bor. Ular bilan gaplashib turamiz. Jamoadagilar biz Superligada 100 foiz o‘ynaymiz deb aytishgandi. «Dinamo»da bosh murabbiy Davron aka Fayziev bilan ham munosabatlarimiz yaxshi, uning aytishicha, bunday bo‘lishini kutmagan. Bu o‘zi uchun ham katta sinov bo‘lishini va jamoasi hali Superligaga tayyor emasligini aytgandi.

Ilhom Qurbonov bilan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!