Iliya Topuriya: "Asl haqiqatni eshiting. Islom Maxachev men bilan jangdan qochdi!"
Yengil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jang bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni ochiqaldi.
"UFC qo‘ng‘iroq qilib, dastlab, Maxachev bilan bahsni taklif qildi. Men rozi bo‘ldim va uxlashga yotdim. Yarim tunda esa UFC dan 100 ta qo‘ng‘iroq keldi: "Islom jarohat oldi, endi Justin Getjiga qarshi oktagonga chiqasan!"
Shuningdek, "Matador" rossiyalikning uni juda ko‘p pul so‘rashda ayblaganiga javob qaytardi.
"Bu yolg‘on, chunki men haqiqatni bilaman. Birinchidan, bir jangchi ikkinchisi qancha so‘rayotgani haqida qayg‘urmasligi kerak. Men birovning pulini sanayman. Uning birinchi safar bahonalari bor edi, endi ikkinchi safar ham bahona qilyapti. Bu xuddi jangdan qochishga o‘xshaydi."

Fikrlar