Ilk bahsda gol urib, assist qayd etgan Shomurodovni endi Angliya, Portugaliya va Frantsiya jamoalari sinovdan o‘tkazadi!

  • 10 iyul, 2022, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” kelasi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan. Joze Mourino jamoasi Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba bilan cheklanib qolmoqchi emas. Aksincha, qit’a miqyosidagi muvaffaqiyatdan ruhlangan “bo‘rilar” endi Chempionlar ligasi yo‘llanmasi, Italiya kubogi va Evropa ligasi bosh sovrini uchun kurashadi.

Tecno

volga (1)_18

Tabiiyki, mavsumning qay darajada o‘tishi yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga chambarchars bog‘liq. “Roma” yangi chempionatga tayyorgarlikning asosiy bosqichini bosh murabbiyning yurti – Portugaliyada o‘taydi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov faoliyatini katta ehtimol bilan Rim klubida davom ettiradi. Yaqinda legionerimiz rimlik muxlislarga jamoada qolishini aytgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Bilasiz, Turkiya Superligasining eng nomdor jamoalaridan “Galatasaroy” Shomurodovni olishga jiddiy urinib ko‘rdi va “Roma”ga taklif ham yubordi.

Ayni paytda “Roma” futbolchilari Italiyada shug‘ullanmoqda. poytaxtlik bo‘rilar mavsumoldi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini "Trastevere" jamoasiga qarshi o‘tkazib, raqib darvozasiga bitta gol urdi va jamoadoshi Volpatoga golli pas uzatib berdi. 

Mourino tez orada Trigoriyadagi mashg‘ulotlarni Portugaliyaga ko‘chiradi. Klub mutasaddilari bir necha klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari borasida kelishuvga erishdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, futbolchilar mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Angliya, Portugaliya va Frantsiya klublari bilan kuch sinashadi. Xususan, “Roma” birinchi bahsni Angliyaning “Sanderlend” klubiga qarshi o‘tkazadi va ko‘pchilikning e’tiboridagi bu bellashuv 13 iyulga belgilangan.

Joze Mourino shogirdlari uch kundan keyin Portugaliyaning “Portimonense” klubiga qarshi saf tortadi. 20 iyul kuni “bo‘rilar” jahon futboliga Krishtianu Ronaldudek yulduzni tarbiyalab bergan “Sporting” bilan bellashadi.

Portugaliyadagi yig‘in davomida tashkil etiladigan so‘nggi o‘rtoqlik bahsi Frantsiya chempionatida kuchli beshlikdan joy olgan “Nitsa”ga qarshi bo‘ladi. Bu bellashuv 23 iyulga qo‘yilgan.

photo_2022-07-06_12-12-29

“Roma” mutasaddilari futbolchilarga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini puxta tashkil etish barobarida yozgi transfer bozorida ham faol ishtirok etmoqda.

Hozircha, “Roma” o‘z safiga uchta yangi ijrochini qo‘shib oldi. Serbiyalik darvozabon Mile Svilar “Benfika”dan Rim klubiga ko‘chib o‘tdi. “Manchester Yunayted”dagi faoliyatini yakunlagan Nemanya Matich  uchinchi marotaba Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepish uchun “Roma”ni tanladi. Tajribali yarim himoyachi bungcha “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da aynan portugaliyalik mutaxassis chorlovi bilan o‘ynaganini hamma biladi.

Yaqinda klub sport direktori Tyagu Pinto “Lill” va Turkiya terma jamoasi himoyachisi Mehmet Zeki Chelikning transferini ijobiy yakunladi. Turkiyalik charm to‘p ustasi kelasi mavsum jamoa yutuqlariga katta hissa qo‘shishga va’da bermoqda.

“Roma” tarkibni yanada kuchaytirish harakatlarini davom ettirmoqda va transferlar oynasi yopilgunga qadar yana bir necha futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi.  

Italiyada A Seriya o‘yinlari 13 avgustdan boshlanadi. “Roma” chempionatdagi ilk uchrashuvini 14 avgust kuni o‘tkazadi. Ushbu sanada Joze Mourino shogirdlari safarda “Salernitana” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

“Roma” o‘z uyidagi birinchi uchrashuvni 21 avgustda “Kremoneze” futbolchilariga qarshi o‘tkazishi belgilangan.

Yangi mavsumda Eldor Shomurodovga omad tilaymiz va o‘z o‘yini, gollari hamda assistlari bilan "Roma" g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishini kutib qolamiz. 

large_20

Olg‘a Shomurodov!

Ana xolos! O‘runov “Spartak” uchun Superkubokda “Zenit”ga qarshi o‘ynaydimi?

Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!

O‘runovning ishlari yurishib ketdi. Ostonga Moskva klubi ham xaridor!

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!