
Ilkay Gyundogan: “Manchester Siti" doim qalbimda qoladi”
Yozgi transferlar oynasida “Manchester Siti”dan Turkiyaning “Galatasaray” klubiga ko‘chib o‘tgan Ilkay Gyundogan jamoa muxlislariga xayrlashuv maktubini yo‘lladi.
"Aziz “shaharliklar”,sizlarga rostini aytishni istayman. Ketishimning sababi juda oddiy. Men hanuz imkoniyat boricha ko‘proq futbol o‘ynashni xohlayman, chunki bu mening eng sevimli mashg‘ulotim. Tez orada 35 yoshga to‘laman, lekin o‘zimni a’lo holatda his qilyapman va Chempionlar ligasi darajasidagi jamoada yuqori saviyada o‘ynashda davom eta olishimga chin dildan ishonaman.
Bundan tashqari, endi bolaligimdan sevib kelgan klubimga, men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakatga qo‘shilish imkoniyatiga egaman.
“Manchester Siti” buyuk davrdan so‘ng yangi davrni boshlashni xohlayotganini tushunaman va hurmat qilaman. Bu ulkan klub yillar davomida menga bergan hamma narsani hech qachon unutmayman. Bu erda o‘tgan vaqtimning katta qismi fantastik va nixoyatda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Klub hamda Manchester shahri mening qalbimda doimo alohida o‘rin egallaydi.
Men barcha jamoadoshlarimga, rahbariyatga, klubda mehnat qilayotgan insonlarga, muxlislarga va, albatta, bu ajoyib davrni imkoniyat qilgan Pepga chuqur minnatdorchilik bildiraman. “Siti”ni ulkan minnatdorlik bilan tark etayapman — butun oilam nomidan sizlarga tashakkur!"
Fikrlar