Ilyos Qurbonov: "Qo‘qon-1912"da ishtiyoq ko‘proq edi"

  • 5 dekabr, 2024, 09:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Superliga uchun pley-off o‘yinida “Qo‘qon-1912” “Metallurg”ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Qurbonov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalambor, “Qo‘qon-1912” jamoasini Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Raqib uzun pas uzatmalari orqali o‘ynaydi, kurashadigan jamoa. Ko‘proq shunga tayyorlangandik. 4 kun oldin Qarshida o‘ynaganimiz sababli yo‘lga vaqtimiz ketdi va bu uchrashuvga tayyorlanishga bir kun vaqtimiz bo‘ldi. Uchrashuvda futbolchilarda charchoq sezildi. Shuning uchun qiyin o‘yin kechdi.

- “Qo‘qon-1912” nimani hisobiga g‘alaba qozondi?

- Standart vaziyati bo‘ldi. Shundan gol urdi. Boshqa imkoniyati bo‘lmadi. Qo‘qonliklarda ishtiyoq ko‘proq edi. Kurashlarda ko‘proq yutishdi. Xohish ko‘proq bo‘lgani uchun g‘alaba qozondi.

- Ba’zi murabbiylar penaltilar seriyasiga tayyorlanadi, ba’zilar esa yo‘q. “Metallurg” penaltilar seriyasiga tayyorlanganmidi?

- Ha, tayyorlangandik. Penalti – bu hamma aytganidek lotereya. “Qo‘qon-1912” boshidagi ikkita penaltidan gol ura olmadi. Biz gol urdik. Keyin esa...Aytyapman-ku, bu lotereya. Bunda futbolchilar ruhiy tarafdan tayyor bo‘lishi, qo‘rquv bo‘lmasligi kerak. Penaltilar seriyasida omad qo‘qonliklarga kulib boqdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
05/12/2024 11:44
Яшасин КУКОН .ОМАД