Imavov oktagonga qachon qaytishni istayotganini aytdi

  • 7 fevral, 2024, 10:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Nassurdin Imavov oktagonga qachon qaytishni istayotganini ma’lum qildi. Fransiyalikning so‘zlariga ko‘ra, u sentabrda bo‘lib o‘tadigan Parijdagi UFC turnirida jang qilishni xohlaydi.

Tecno

"Men haqiqatan ham Parij "fayd-kard"iga tushishni va chempionlik uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlayman. Agar, bu sodir bo‘lsa, frantsiyalik muxlislar ajoyib muhit yaratadi. Chunki ular ushbu sport turining chinakam ishqibozlaridir”, - deydi Imavov.

Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni "UFC Fight Night 235" turnirining asosiy jangida Imavov Roman Dolidzega qarshi ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan edi. Shundan so‘ng, Nassurdin promoushenning sobiq o‘rta vazn toifasi chempioni Shon Striklend bilan revansh jangini o‘tkazish istagini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!