Immobile "Oltin to‘p" uchun so‘rovnomada kimga ovoz bergan bo‘lar edi?

  • 25.09.2020 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Latsio” forvardi Chiro Immobile agar “Oltin to‘p” uchun so‘rovnoma o‘tkazilsa, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiga ovoz berishini aytdi.

“Oltin butsa”ni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman. Robert Levandovski hamisha men uchun namuna bo‘lib kelgan. “Oltin to‘p” uchun o‘z ovozimni Levandovskiga bergan bo‘lardim”, - dedi italiyalik futbolchi.

Levandovski o‘tgan mavsum “Bavariya” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 34 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!