
Indoneziya klubi Norbekov oldidagi qarzni hal qilmasa bo‘lmaydi, aks holda...
Hamyurtimiz Shoxnazar Norbekovning oxirgi klubi hisoblangan Indoneziyaning “Sada Summut” klubi futbolchimiz oldidagi hisob-kitob ishlarini hal qilmagan. O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi esa bu borada hamyurtimizga yordam bergan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi o‘zining instagram kanalida shunday yozadi:
“O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi “FIFA Legal Portal” orqali FIFAning Nizolarni hal qilish palatasi Indoneziyaning “Sada Summut” futbol klubining sobiq futbolchisi Shoxnazar Norbekov oldidagi qarzlarini bartaraf etish yuzasidan FIFA futbolchimiz foydasiga qaror qildi.
Futbolchimiz oldidagi qarzdorlik 45 kun ichida bartaraf etilmasa, FIFA tomonidan klubning transfer oynasi vaqtida yangi o‘yinchilarni Indoneziya futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazishga ta’qiq qo‘yilishi ma’lum qilindi”, - deyiladi xabarda.
Fikrlar