Indzagi "Latsio" bilan shartnomani uzaytirdi!

  • 12.06.2020 11:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Latsio" klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi jamoa bilan tuzgan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma 2023 yilning yozigacha imzolangan. Endi Indzagining yillik maoshi 2,5 mln evroga etdi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, shartnoma maxfiy tarzda imzolangan va hozircha ommaga e’lon qilinmayapti.

Indzagi “Latsio”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida Rim jamoasi uning boshqaruvida 1 marta Italiya kubogi va 2 marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Hozirda “Latsio” A Seriya musobaqa jadvalida peshqadam “Yuventus”dan bor yo‘g‘i 1 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!