
Infantino O‘FAga minnatdorchilik xati yo‘lladi
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonda o‘tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionatini yuqori darajada o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizovga minnatdorchilik xati yo‘lladi.
"O‘zbekistondagi do‘stona munosabat, ajoyib mehmondo‘stlik va ayniqsa Braziliya - Argentina uchrashuvidagi o‘ziga xos muhitdan juda ta’sirlangan holda yozmoqdaman.
Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek Bosh vazir Abdulla Aripov, Sport vaziri Adham Ikramov va Sizning boshchiligingizdagi futbol assotsiatsiyasi, birinchi vitse-prezident Ravshan Irmatov hamda Toshkent, Andijon, Buxoro shaharlarida mehnat qilgan barchaga rahmat aytamiz.
Sizlarning ulkan mehnat va jonkuyarligingiz sababli ushbu chempionat chin ma’noda ajoyib, esda qolarli o‘tdi. Bu musobaqa FIFA Futzal Jahon chempionatlari orasida eng yaxshisi va muvaffaqiyatlisi sifatida tarixda qoldi.
Mana shu vaqt mobaynida Siz bilan futbol borasidagi fikr va g‘oyalar almashish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan xursandman. FIFA mamlakatingiz futboli rivojiga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llashga doim tayyor.
Siz bilan tez fursatda yana uchrashish umididaman va eng yaxshi tilaklarni yo‘llab qolaman", deyilgan rasmiy maktubda.
O‘FA matbuot hizmati.
Fikrlar