Inglizcha boykot. MYu va “Chelsi” Evropa klublari assotsiatsiyasini tark etdi

  • 19.04.2021 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa superligasi tashkil etilgani va ushbu turnirda ishtirok etish istagi ortidan “Manchester Yunayted” va “Chelsi” Evropa klublari assotsiatsiyasi (ESA) a’zoligini tark etdi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted”ning ijrochi direktori Ed Vudvord UEFAdagi lavozimidan ketganini bildirdi.

Angliyaning mazkur ikki klubidan tashqari “Tottenxem”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Siti” ham yangi loyihada ishtirok etishini tasdiqlagan.

UEFA rahbariyati Superligada qatnashadigan jamoalarni Chempionlar ligasi va Evropa ligasidan chetlatishini ma’lum qildi.

Muhim jihati shundaki, Evropa Chempionlar ligasining joriy mavsumida yarim finalga chiqqan jamoalar orasidan PSJdan tashqari uchtasi – “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Real” Superligada qatnashishini tasdiqlagan.

Shuningdek, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” Evropa ligasining yarim finalida o‘ynashi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!