Insayd! Aziz Turg‘unboev Erondan kelgan takliflarga rad javobini bergan. Endi uni "Neftchi" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 13 dekabr, 2023, 20:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronning bir nechta klubi "Paxtakor" a’zosi Aziz Turg‘unboev bilan qiziqib qolgan edi. Bu haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanali orqali xabar berdi. 

"Futbolchi forslardan kelgan barcha takliflarga rad javobini berdi. Hozirda Azizni "Neftchi" xam o‘z tarkibida ko‘rmoqchilar qatoriga qo‘shilgan, ammo Turg‘unboev O‘zbekistonda "Paxtakor"dan boshqa jamoada to‘p tepishni istamayapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi Qatar klublari bilan muzokara o‘tkazmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz", - deyiladi kanaldagi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!