
"Inter" 21 yoshli gollandiyalik hujumchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Eyndxovenning PSV klubi forvardi Stiven Bergveyn "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "neradzurrilar" allaqachon 21 yoshli gollandiyalik futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, Bergveynga shuningdek "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Milan" kabi jamoalar ham jiddiy kurash olib borishmoqda.
Ma’lumot uchun, Bergveyn joriy mavsum PSV safida jami 31ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar