
“Inter” aytgan narx “Siti”ni dahshatga soldi
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuga og‘iz solgani oshkor bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar futbolchi uchun so‘ragan summa “shaharliklarni” hayratga solgan. “Inter” rahbarlari belgiyalik hujumchi transferi uchun 105 million evro talab qilgan. “Siti” taklif qilgan 78,5 million evro italiyaliklarni qoniqtirmagan.
“Inter” Lukakuni 2019 yili “Manchester Yunayted”dan 74 million evroga xarid qilgan edi. Shu paytgacha mahoratli hujumchi milanliklar safida 60 uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 43 marta aniq nishonga oldi va sakkizta golli pas uzatdi.
Sulsher qilgan ishiga javob berdi
Muxlislar kechirmagan “xoinlar”
Fikrlar