
Sulsher qilgan ishiga javob berdi
Frantsiyalik yulduz Pol Pogba “Manchester Yunayted”ning navbatdagi turda “Vest Bramovich”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvi qaydnomasiga ham kiritilmadi. Bu bosh murabbiy Sulsherga savollarni ko‘paytirib yubordi. Norvegiyalik mutaxassis Pogba masalasiga oydinlik kiritdi.
- Pogba terma jamoasi o‘yinida shikastlangan ekan. Jamoamiz mashg‘ulotidan oldin jarohati bezovta qildi. Hali unga nima bo‘lganini aniq bilmaymiz. Tezroq safga qaytishini istaymiz, - dedi Sulsher.
Keyingi paytda Pol Pogbaning manchesterliklar tarkibida o‘ynagisi kelmayotgani va mashg‘ulotlarda tanballik qilayotgani haqida xabarlar tarqatildi. Biroq, futbolchining o‘zi shartnomasi yakunlangunga qadar shu erda qolishini ta’kidlamoqda.
Fikrlar