"Inter" "Bavariya"ga taklif yubormoqchi

  • 5 may, 2020, 13:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Inter» klubi "Bavariya"da ijara asosida to‘p tepayotgan Ivan Perishichni ortga qaytarmoqchi emas. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, milanliklar yarim himoyachining ijarasini uzaytirish uchun myunxenliklarga taklif yuborishga tayyor. Agar "Bavariya" Ivan Perishichni sotib olishni istamasa italiyaliklar futbolchini yana bir yilga Bundesligaga yuborishmoqchi.

Xorvatiyalik xavbek bu mavsum Germaniya chempionatida 15 o‘yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!