"Inter" bir million niqob xayriya qildi

  • 16.04.2020 21:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi koronavirusga qarshi kurashish uchun bir millionta niqob xayriya qildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq “neradzurrilar” pandemiyaga qarshi kurashish uchun 100 ming evro hamda 300 ming dona niqob xayriya qilgan edi.

Shu kungacha Italiyada 22 mingdan ortiq inson COVID-19 dan vafot etdi. Butun dunyoda esa ushbu virusga chalinganlar soni 2 milliondan ortib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!