"Inter" bo‘lajak Pirloni ijaraga olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" yarim himoyachi Sandro Tonali transferi bo‘yicha "Breshiya"ga taklif bilan chiqdi.

Milan klubi rahbariyati Tonali uchun 30+5 million evro ko‘rinishidagi kelishuv yuborgan, biroq "Breshiya" Italiyaning "yangi Pirlo"si sifatida ko‘rilayotgan yosh iqtidor egasi transferidan 50 million evro ishlab olmoqchi.

Shuning uchun "Inter" Tonalini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Unga ko‘ra, milanliklar futbolchining transfer pulini ikki mavsum bo‘lib to‘lab beradi.

Oldinroq, futbolchining o‘zi ham faoliyatini "Inter"da davom ettirish niyatidaligi xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!