
"Inter" direktori Jiruning transferi qachon amalga oshishini ma’lum qildi
"Inter" sport ishlari bo‘yicha direktor Pero Auzilio "Chelsi" forvardi Olive Jiruning transferi qanday holatda amalga oshirilishini ma’lum qildi.
"Jiruning transferi Mozesnikiga o‘xshash bo‘ladi. Agar biz qaysidir forvardni sotib yuboradigan bo‘lsak, shundagina bu transfer amalga oshishi mumkin", - deydi Auzilio.
Oldinroq, "Chelsi" va "Inter" futbolchining transferi masalasida kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.
Unga ko‘ra, "qo‘ra-ko‘klar" londonliklarga Jiru uchun 5 million evro to‘lashi va futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolagishi rejalashtirilgan.
Fikrlar