"Inter" Eriksen bilan kelishdi, ammo, "Tottenxem" bilan emas

  • 13 yanvar, 2020, 18:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 28 yoshli daniyalik futbolchi uchun 10 mln evro taklif qilishgan. Biroq, “shporlar” uni 20 mln evroga baholashmoqda.

“Inter” Eriksen bilan shaxsiy kelishuvga erishganini ham qayd etish lozim. Unga ko‘ra futbolchi agar milanliklar safiga o‘tsa yiliga 7,5 mln evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum “Tottenxem” safida  25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!